YPG terrorchi tashkiloti o‘zining soxta “muxtor ma’muriyati hamda unga qarashli barcha harbiy va fuqarolik tuzilmalari tarqatib yuborilgani” haqida bayonot berdi.
Tashkilot yetakchilaridan “Mazlum Abdi” taxallusli Ferhat Abdi Shahin Suriya poytaxti Damashqdagi Prezident qarorgohiga qarashli Xalq saroyida ommaviy axborot vositalari vakillariga bayonot berdi.
Shahin:
“Prezident Ahmad Shara bilan tuzilgan kelishuvdan so‘ng kuchlarimizni Suriya armiyasi brigadalari tarkibiga qo‘shish jarayoni yakunlandi. Shu munosabat bilan bugun katta mas’uliyat bilan mustaqil harbiy kuch sifatida o‘zimizni tarqatganimizni e’lon qilamiz”, dedi.
Suriya hukumati va YPG terrorchi tashkiloti o‘rtasida 29-yanvar kuni o‘t ochishni to‘xtatish hamda bosqichma-bosqich qo‘shilishni nazarda tutuvchi yangi kelishuvga erishilgan edi.






















