G'AZODA URUSH
1 daqiqa o'qish
G‘azoda jasadi topilgan falastinlik 50 kishi dafn etildi
Qurbonlar - 2023 yilning dekabr oyida G‘azodagi uylarining bombardimon qilinishi oqibatida hayotdan ko‘z yumgan 6 oilaning a'zolariga tegishli edi.
G‘azoda jasadi topilgan falastinlik 50 kishi dafn etildi
_

Isroilning G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlarida halok bo‘lgan va so‘nggi ikki hafta ichida vayronalar ostidan topib chiqarilgan 50 kishining jasadi va jasad qoldiqlari dafn etildi.

G‘azo sektorida so‘nggi ikki hafta ichida vayronalar ostidan chiqarib olingan falastinlik 50 kishi uchun dafn marosimi o‘tkazildi.

G‘azo shahridagi Shifo kasalxonasi oldidan boshlangan dafn marosimida minglab falastinlik, shuningdek, siyosatchilar va qabila vakillari ishtirok etdi.

Falastin bayroqlariga o‘ralgan jasadlar G‘azo shahrining janubidagi Zaytun mahallasida joylashgan Baptistlar qabristoniga dafn qilindi.

Dafn marosimida qatnashganlar Falastin bayroqlari bilan birga boshdan kechirayotgan azob - uqubatlarga barham berishga chaqiruvchi yozuvlar bitilgan plakatlarni ko‘tarib yurishdi.

Jasadlar 2023 - yilning dekabr oyida Isroilning G‘azo shahridagi uylarni bombardimon qilishi oqibatida halok bo‘lgan Suvayfiri, Batnichi, Karm, Aff, Haraz va Rukayk oilalari a’zolariga tegishli ekani bildirildi.

G‘azoda Isroil hujumlarida halok bo‘lganlarning jasadlarini vayron bo‘lgan uylar xarobalaridan chiqarish maqsadida qidiruv ishlari davom etmoqda.

Biroq G‘azo sektoridagi Fuqaro muhofazasi boshqarmasiga ko‘ra, imkoniyat va zarur texnika yetishmasligi sababli ishlar katta qiyinchilik bilan olib borilmoqda.