Isroil tomonidan G‘azoga qarshi uyushtirilgan hujumlarda qurbonlar soni 73 ming 419 nafarga yetdi
Isroil armiyasining 2023 - yilning oktabr oyidan buyon G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlarida halok bo‘lganlar soni 73 ming 419 nafarga yetdi.
G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, Isroilning G‘azoga qarshi uyushtirgan hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar haqidagi oxirgi ma’lumotlar e’lon qilindi.
Shunga ko‘ra so‘nggi 48 soat ichida G‘azodagi shifoxonalarga 2 nafar halok bo‘lgan va 4 nafar yaralangan kishi olib kelingani qayd etildi.
Vayronalar ostida haligacha minglab jasad borligi aytilmoqda.
G‘azoda, o‘tgan 2025 - yilning 10 - oktabri kuni otashkesim kuchga kirganidan buyon Isroil hujumlarida 1 ming 285 kishi halok bo‘lgani va 4 ming 252 kishi yaralangani, vayronalar ostidan esa 813 kishining jasadi chiqarilgani ma’lum qilindi.
Isroilning 2023 - yilning oktabr oyidan buyon G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlarida halok bo‘lganlar soni 73 ming 419 nafarga, yaralanganlar soni esa 174 ming 364 nafarga yetgani bildirildi.
G‘azo sektorida vayronalar ostida hali ham minglab jasad qolgani ta’kidlanmoqda.




















