Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an: «G‘olib, insoniyat jabhasi bo‘ladi; birodarlik g‘alaba qozonadi. Tinchlik va barqarorlik g‘olib bo‘ladi. 86 million fuqarosi bilan Turkiya xalqi g‘olib bo‘ladi» - dedi.
Prezident Erdo‘g‘an Bitlisda Malazgirt g‘alabasining 955 - yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirlarda nutq so‘zladi.
Nutqini: «Malazgirt g‘alabasidan Istanbulning fathigacha, Chanoqqal’adan Milliy kurashgacha, terrorizmga qarshi kurashdan 15 - iyul dostonigacha, ming yildan buyon ushbu aziz vatan va bu olijanob xalq uchun jonini fido qilgan barcha shahidlarimizni bugun yana bir bor rahmat bilan yod etaman”, - deya boshlagan Erdo‘g‘an, “Bir xil kelajak, bir xil maqsad va bir xil umid sari intilayotganlar mana shu yerda. Turklar, kurdlar, arablar, alaviylar va sunniylar sifatida yelkama - yelka turganlar mana shu yerda» - dedi.
Erdo‘g‘an so‘zlarini quyidagicha davom ettirdi: «Hech kim shubha qilmasin. Buyuk va qudratli Turkiyaning tongi otdi. Turkiya asrini barpo etish boshlandi. Ikki yil avval Ahlatdan ishorat qilgan edik. ‘Terrorsiz Turkiya’ jarayoni o‘z maqsadiga yetganda, inshaalloh, xalqimiz oldida yangi davr darvozasi ochiladi. Qon savdogarlari mag‘lub bo‘ladi, terrordan foyda ko‘ruvchi fursatchilar mag‘lub bo‘ladi. Mintaqamizni beqarorlikka botirmoqchi bo‘lgan genotsidchilar mag‘lub bo‘ladi. G‘olib insoniyat jabhasi bo‘ladi, birodarlik g‘alaba qozonadi. Tinchlik va barqarorlik g‘olib bo‘ladi. 86 million fuqarosi bilan Turkiya xalqi g‘olib bo‘ladi».
Prezident shuningdek: «Turkiya va turk xalqi bilan birga mintaqamizdagi barcha qardosh xalqlar ham g‘olib bo‘ladi. Buning kimlarni bezovta qilayotganini bilamiz. Kimlarni xavotirga solayotganini bilamiz. Ularga aytaman: nima qilsangiz ham, bizni yo‘limizdan qaytara olmaysiz. Turklar, kurdlar va arablarning birodarlarcha quchoqlashishiga to‘sqinlik qila olmaysiz» - degan o’rin berdi.






















