Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an “Furot qalqoni” harakatining yilligi munosabati bilan bayonot e’lon qildi.
Erdo‘g‘an o‘z bayonotida quyidagi fikrlarni bildirdi:
“Qahramon armiyamizning qudratini butun dunyoga namoyish etganimiz, mintaqamizda terror, mojaro va beqarorlikka toqat qilmasligimizni do‘st-u dushmanga e’lon qilganimiz ‘Furot qalqoni’ harakatining yilligi munosabati bilan aziz shahidlarimizni rahmat bilan, qahramon faxriylarimizni esa minnatdorlik bilan yod etaman.”





















