Isroil armiyasining G‘azo sektoridagi bir uyga uyushtirgan hujumida to‘rt nafar falastinlik hayotdan ko‘z yumdi.
Isroil armiyasi G‘azo sektorining shimolidagi Bayt Lahiya shaharchasida joylashgan Kamol Advan shifoxonasi yaqinidagi uyni bombardimon qildi.
Hujumda halok bo‘lgan to‘rt kishining jasadi va ayrim yaradorlar Kamol Advan shifoxonasiga olib borildi.
G‘azo sektorining janubidagi Xon Yunus shahrida ham Isroil armiyasi kecha ertalab uyushtirgan hujumda bir nafar falastinlik halok bo‘lgan edi.
Xon Yunusdagi Nosir shifoxonasi Isroil armiyasining kechagi hujumlarida yaralangan yana ikki kishi shifoxonada vafot etganini ma’lum qilgan edi.






















