TURK DUNYOSI
1 daqiqa o'qish
Rus nefti Qozog‘istonda qayta ishlanadi
Qozog‘iston bilan Rossiya, Qozog‘istonning g‘arbiy hududida joylashgan Kondensat neftni qayta ishlash zavodida Rossiya neftini qayta ishlash shartlari bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Rus nefti Qozog‘istonda qayta ishlanadi
_

Qozog‘iston Energetika vaziri Yerlan Akkenjenov o‘tkazilgan matbuot anjumanida bayonot berdi.

Vazir Akkenjenov Rossiya neftini Kondensat zavodida qayta ishlash bo‘yicha ikki davlat o‘rtasida kelishuvga erishilganini ma’lum qildi.

Akkenjenov qayta ishlanadigan neftdan olinadigan neft mahsulotlarining qariyb 30 foizi ichki bozorda qoldirilishini, qolgan qismi esa Rossiyaga yuborilishini bildirdi.

Rossiya nefti neftni qayta ishlash zavodiga temir yo‘l orqali yetkazilishini ifoda etgan Akkenjenov, zavodning geografik joylashuvi sababli u Qozog‘iston yoki Rossiyaning neft quvurlariga ulanmaganini ta’kidladi.

Akkenjenov mavzu haqida: «Zavod, ma’lum ma’noda, berk hududda joylashgan va Rossiya Federatsiyasiga yaqinroq. Hammasi temir yo‘l transporti imkoniyatlariga bog‘liq bo‘ladi» — dedi.

Rossiya neftini yetkazib berish yaqin orada boshlanishi mumkin

Rossiya neftini G‘arbiy Qozog‘iston viloyatidagi Kondensat neftni qayta ishlash zavodiga yetkazib berish yaqin orada boshlanishi kutilmoqda.

Ayni paytda zavodni qayta qurish va ishlab chiqarish quvvatini oshirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.