G‘azodagi Fuqarolik mudofaasi guruhlarining xarobalar ostidagi jasadlarni chiqarish ishlariga mas’ul rasmiysi polkovnik Muhammad Abu Dan yozma bayonotida Isroil hujumlarida vayron qilingan uylar xarobalarida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etayotganini ma’lum qildi.
Abu Dan Isroil vayron qilgan 20 ta uy xarobalari ostida 407 nafar falastinlik bedarak yo‘qolganini bildirib, ulardan 233 nafarining jasadi chiqarilganini aytdi.
Qurbonlar soni 73 ming 438 nafarga yetdi
Abu Danning ma’lum qilishicha, Isroil bombardimon qilgan uylar xarobalaridan chiqarilgan jasadlarning 73 nafari bolalar, 106 nafari esa ayollardir. Fuqarolik mudofaasi guruhlari juda cheklangan imkoniyatlar bilan 381 soat davom etgan ishlar natijasida ushbu tinch aholining jasadlarini topishga muvaffaq bo‘lgan.
Isroilning 2023-yil oktabridan buyon G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlarida halok bo‘lganlar soni 73 ming 438 nafarga, yaralanganlar soni esa 174 ming 447 nafarga yetdi.






















