Hizbullohning Livanda joylashgan Al-Manar telekanaliga intervyu bergan Rezoiy mintaqadagi so‘nggi voqealar va AQShning uning mamlakatiga nisbatan qo‘llayotgan iqtisodiy bosimi haqida bayonot berdi.
Rezoiy:
“Agar qamal davom etsa, AQShning iqtisodiy manfaatlarini yuz foiz nishonga olib, ularga katta shiddat va kuch bilan zarba beramiz”, dedi.
Hormuz bo‘g‘ozining to‘liq qayta ochilishini AQShning Eron shartlarini bajarishiga bog‘lagan Rezoiy, bu shartlarning eng asosiysi, avvalo Livan va G‘azoda, umuman G‘arbiy Osiyodagi urushlarni to‘xtatish ekanini ta’kidladi.
“Eron Binyamin Netanyaxuni jahannamga jo‘natadi”, degan Rezoiy Livandagi vaziyatni jiddiy kuzatayotganlarini hamda Isroil Livanda ishg‘ol qilgan hududlardan chiqib ketishga majbur bo‘lishini ta’kidladi.



















