SIYOSAT
2 daqiqa o'qish
Pokiston AQSh va Eron o‘rtasida yangi muzokaralarni taklif qildi
Pokiston AQSh va Eron o‘rtasida tezlik bilan yangi muzokaralarni boshlash va mavjud muddatni 60 kunga uzaytirishni taklif qildi.
Pokiston AQSh va Eron o‘rtasida yangi muzokaralarni taklif qildi
_

Pokiston hukumati manbalari Anadolu axborot agentligiga ma’lum qilishicha, AQSh va Eron o‘rtasida bir necha oydan beri davom etayotgan urushni yakunlaydigan kelishuvga erishish maqsadida 60 kunlik yangi muzokara jarayonini boshlash tashabbusi ilgari surilgan.

Islomobod kelishuvi doirasida taklif etilgan yangi 60 kunlik muzokara davri Hormuz bo‘g‘ozini qayta ochish va Eronga qarshi sanksiyalarni bekor qilish masalalarida boshi berk ko‘chaga kirib qolgan to‘g‘ridan - to‘g‘ri muzokaralarni qayta boshlashga qaratilgani bildirildi.

Ismini oshkor qilishni istamagan pokistonlik manbalar chorshanba kuni bergan bayonotida, ommaviy axborot vositalariga gapirish vakolatiga ega emasligini ta’kidlagan holda Pokistonning taklifi tomonlar o‘rtasidagi muzokaralarni qayta jonlantirishga qaratilganini bildirdi.

Pokistonning yangi taklifiga doir Vashington, Tehron yoki Islomobod hukumatlaridan hozircha rasmiy bayonot berilmadi.

Islomobodning yangi tashabbusi, tomonlar uzaytirilishi yoki uzaytirilmasligi haqida hech qanday bayonot bermagan dastlabki 60 kunlik muddat o‘tgan hafta yakunlanganidan so‘ng ilgari surildi. Mazkur muddat 17 - iyunda boshlanib, 16 - avgustda yakunlangan edi.

Pokistonlik manbalar muddat tugaganiga qaramay, AQSh va Eron yangi mojaro boshlamaslik borasida o‘zaro sukutli kelishuvga erishganini ilgari surdi.

Qayd etilishicha, bu so‘nggi tashabbus Pokiston Bosh shtab boshlig‘i, marshal Asim Munirning Tehronga yaqinda amalga oshirgan tashrifidan keyin ilgari surilgan. Munir Eron hukumati vakillari bilan uchrashuvlarida uzoq vaqtdan beri boshi berk ko‘chaga kirib qolgan AQSh – Eron to‘g‘ridan - to‘g‘ri muzokaralarini qayta boshlash hamda Hormuz bo‘g‘ozini qayta ochish bo‘yicha yangi takliflarni muhokama qilgani bildirildi.