Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Pokiston Qurolli Kuchlari va quruqlikdagi qo‘shinlar qo‘mondoni, feldmarshal Sayid Asim Munirni qabul qildi.
Anqara aeroportida bo‘lib o‘tgan uchrashuv ommaviy axborot vositalari uchun yopiq tarzda o‘tkazildi.
Uchrashuvda Turkiya vitse - prezidenti Jevdat Yilmaz, Bosh shtab boshlig‘i, armiya generali Selchuk Bayraktaro‘g‘lu hamda Milliy Razvedka tashkiloti (MRT) rahbari Ibrahim Kalin ham ishtirok etdi.















