DUNYO
1 daqiqa o'qish
Ukraina Rossiyaning «soya floti»ga zarba berdi
Ukraina armiyasi Insonsiz tizimlar kuchlari qo‘mondonligiga oid ijtimoiy tarmoq orqali bergan bayonotida, Rossiyaning «soya floti»ga zarba berganini ma'lum qildi.
Ukraina Rossiyaning «soya floti»ga zarba berdi
_

Hujumlar Qora dengiz va Azov dengizida amalga oshirilgani qayd etilgan bayonotda: «Insonsiz tizimlar kuchlari harbiylari kechasi bilan dushmanning 14 ta kemasiga zarba berdi» - deyiladi.

Shuningdek, 6 – 13 - iyul kunlari Rossiyaning «soya floti» tarkibidagi 90 ta kemaga qarshi hujum uyushtirilgani ma’lum qilinib, quyidagi ifodalarga o‘rin berildi:

«Rossiyaning soya flotini qo‘llab - quvvatlayotgan tanker va paromlarning yo‘q qilinishi kemalardan xalqaro sanksiyalarni chetlab o‘tish maqsadida foydalanishni qiyinlashtirmoqda hamda Rossiyaning harbiy iqtisodiyoti va qurolli kuchlarining logistika ta’minotini saqlab qolish imkoniyatlarini bosqichma - bosqich kamaytirmoqda».

Insonsiz tizimlar kuchlari qo‘mondonligi mazkur hujumlarga oid ekani aytilgan videotasvirlarni ham e’lon qildi.