AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) «X» ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasi orqali e’lon qilgan bayonotida, Ho‘rmuz bo‘g‘ozida dengiz qatnovini ko‘zlagan tahdidlarni imkon qadar kamaytirish maqsadida Erondagi harbiy nishonlarga qarshi amalga oshirilgan hujumlar yakunlanganini ma’lum qildi.
Bayonotda aytilishicha hujumlar davomida Eronga tegishli havo mudofaasi tizimlari, qirg‘oqdagi radar nuqtalari, raketa va insonsiz havo transportlari obyektlari hamda kichik harbiy katerlar nishonga olingan.
Shuningdek mazkur amaliyotda jangovar samolyotlar, harbiy kemalar va kamikadze insonsiz havo transportlaridan tashqari, ilk bor kamikadze insonsiz dengiz vositalari ham qo‘llangani qayd etildi. Bayonotda: «Ho‘rmuz bo‘g‘ozi global savdo uchun hayotiy ahamiyatga ega dengiz yo‘lagidir. Eron bu bo‘g‘ozni nazorat qilmaydi» - deyiladi.
Bayonotda yana Eronning asossiz tajovuzkor harakatlari, ta’qib va tahdidlari hamda o‘zboshimchalik bilan bergan bayonotlariga qaramay, AQSh kuchlari dengiz qatnovi erkinligini ta’minlash uchun tayyor va zarur hududlarda joylashtirilgani ilgari surildi.
AQSh harbiylari 7 - 8 - iyul kunlari ham Eron tijorat kemalarini nishonga olganini sabab qilib, ushbu mamlakatga qarshi harbiy amaliyot boshlaganini ma’lum qilgan edi.






















