Kecha Gretsiyaning Saloniki shahri yaqinidagi Derveni hududida yuz bergan o‘rmon yong‘inida halok bo‘lganlar soni 2 nafarga yetdi.
Gretsiya davlat teleradiokompaniyasi ERT xabariga ko‘ra kecha jasadi topilgan birinchi qurbonning uyida 12 yoshli bolaning jasadi ham topildi.
Yong‘indan jarohat olgan holda uydan qochib qutulgan ayol o‘t o‘chiruvchilarga turmush o‘rtog‘i va farzandi uyda qolib ketganini aytgan edi.
TAVSIYA ETILADI
Mutaxassislar o‘tkazgan ko‘rik natijasida uy butunlay yonib ketgani aniqlandi.
Gretsiya Yong‘in xavfsizligi xizmati kecha Saloniki viloyatining Oraiokastro tumaniga qarashli Derveni hududida o‘rmon yong‘ini chiqqani, o‘rmonzor hududida esa shaxsi hozircha aniqlanmagan erkak kishining jasadi topilganini ma’lum qilgan edi.














