Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an: «15 - iyul nafaqat xoin to'ntarish tashabbusi mag'lub etilgan bir tun; balki xalqimizning irodasi, demokratiyasi va mustaqilligiga o‘z jonini fido qilib ega chiqqan, tarixga oltin harflar bilan bitilgan buyuk demokratik g'alaba kunidir» - dedi.
Erdo‘g‘an 15 - iyul Demokratiya va milliy birlik kuni munosabati bilan «15 - iyul: Turkiya asrining mustaqillik bayonnomasi» - sarlavhasi bilan maqola qalamga oldi.
Gazetalarda nashr etilgan ushbu maqola: «Tarix oqimini o‘zgartirgan ulkan bir xalq mustaqilligi va kelajagi uchun jonini fido qilib kurashgan o‘sha yovuz tunning ustidan aniq o‘n yil o‘tdi» - jumlasi bilan boshlanar ekan Erdo‘g‘an nomi tilga olingan tunni quyidagi ifodalar bilan baholadi:
«15 - iyul nafaqat xoin to‘ntarish tashabbusi mag‘lub etilgan bir tun; balki xalqimizning irodasi, demokratiyasi va mustaqilligiga o‘z jonini fido qilib ega chiqqan, tarixga oltin harflar bilan bitilgan buyuk demokratik g‘alaba kunidir. O'sha kecha aziz xalqimiz Vatanimizni bosqinchi imperialistlar va ularning hamkorlariga qarshi, xuddi Mustaqillik kurashida bo'lganidek tarixning eng og‘ir saboqlaridan birini berdi.
15 - iyul shoirning 'Ajdodlarimizning shon - sharafi butun dunyoga mashhurdir / Tabiyat o'zgardi deb o'ylama, bu qon ham o'sha qon!' misralarida bayon etilgandek, ming yil avval Malazgirtda jasur kurash olib borganlar, besh yuz yil oldin Istanbul devorlarida Fatih Sultanning tushini ro'yobga chiqarishni orzu qilganlar, Payg'ambarimizning muborak xabarga erishish uchun jon va tanini fido qilganlar, yuz yil avval vatan himoyasi uchun jonini o‘rtaga qo‘yganlarning imoni va qat'iyati bilan ko‘chalar va maydonlarga chiqib tarixga oltin harflar bilan yozilgan buyuk dostonni yaratgan olijanob xalqimizning asriy jasoratidir».
Xalqimiz mustaqillik va kelajagiga yana o‘zi egalik qildi
Maqolasida; ko‘zi hech narsani ko‘rmay qolgan terror tashkilotining tarixda kam uchraydigan xiyonatiga qarshi aziz xalqni milliy irodaga ega chiqish uchun maydonlar va aeroportlarga chaqirganida, bu oddiy chaqiriq emasligini ta'kidlagan Erdo'g'an mavzu haqida yana quyidagi fikrlarni bildirdi:
«Xalqimizga qilgan chaqirig'imiz aziz xalqimizning demokratik dono qarori, farosati va jasoratiga bo‘lgan ishonchimizning ifodasidir. Ajdodlarimiz bizga yetkazgan eng muqaddas meroslardan biri bo‘lgan Mustaqillik yoki o‘lim! shiorini yana jonlantirishni maqsad qilib oldik. Xuddi tarixning chuqurliklaridan chiqqandek, xalqimiz ham bu chaqiriqqa jonini va ruhini o‘rtaga qo‘yib, darhol javob berdi. Xudoga shukur, xalqimiz bu ishonchni oqladi va mustaqillik kelajakni yana o'zi himoya qildi. O'sha kecha xalqimizga urilgan zanjirlarni yer bilan yakson qildi, xiyonat qandillarini yechib tashlaydigan holda Turkiyaning oldidagi to'siqlarni birma - bir olib tashladi. O'sha kuni kecha 253 nafar vatan farzandi shahid bo'ldi, 2 ming nafardan ortiq birodarimiz jarohatlandi. Ushbu raqamlarning har biri vatan, bayroq va milliy irodani himoya qilish yo'lida qo'yilgan fidoiylik, jasorat va qahramonlikning alohida belgilaridir».
Har sohada FETO ildizini qazib tashladik
«O‘tgan o‘n yillik davr mobaynida qo‘li qonli terror tashkiloti FETO bilan bo‘lgan kurashimizni ichki va xalqaro maydonda lozim bo'lgan qat'iyat bilan davom ettirdik» - dedi va quyidagilarni qayd etdi:
«Chunki davlatimiz ichiga singib ketgan bu rak xujayrasini tozalash va aybdorlarni adolat oldida javobgarchilikka tortish, jonini fido qilgan shahidlarimizga eng katta qarzimiz edi. Byurokratiyadan armiyaga, sud tizimidan ishbilarmonlik sohasigacha har bir joyda FETOning ildizini qazib tashladik. Shu bilan birga, hech qachon yoddan chiqarmasligimiz kerak bo'lgan bir haqiqatni yana bir bor eslatib o'tmoqchiman: bu, o'n yil oldin boshlangan va tamom bo'lgan kurash emas. FETO va unga o'xshash xiylakor tuzilmalar davlatimiz va xalqimizga yana qaytib hujum qilishining oldini olishning yagona yo‘li 15 - iyul ruhini har doim tirik tutish va bu ongni kelajak avlodlarga yetkazishda yotadi».
Bu xalqning eng katta kuchi birlik va birdamlikdir
Xoin to‘ntarish urinishidan keyingi o‘n yilda azob -uqubatlar ilk kunlardagi yangiligi bilan saqlanib qolganini ta'kidlagan Erdo‘g‘an maqolasini shunday davom ettirdi: «Bunga qaramay biz FETO va shunga o'xshash barcha terror markazlari bilan bo'lgan urushimizni xuddi o'sha qat'iyat va iroda bilan davom ettirmoqdamiz. 15 - iyulning 10 - yilida endi ancha kuchliroq, ancha qat’iyatli va bir - biriga yana ham mahkam bog'langan Turkiya mavjud. Bu zaminga 15 - iyul ruhi tirikligicha davom etaverar ekan, xoinlarning nozik rejalari va ularning ortidagi global senaristlarning iflos o'yinlari hech qachon maqsadiga yetmasligidan hech kimning shubhasi bo‘lmasin.
Shu munosabat bilan, o'sha zulmatli kechani ko‘ksini qalqon qilib yoritgan, jonini fido qilib ajdodlarimizning merosini asrab kelgan va asrlardan beri hukmronlik qilgan ushbu yurtni bizga qayta vatan qilgan barcha shahidlarimizga Allohdan rahmat tilayman. Qahramon g‘oziylarimizga yaxshilik, baraka va uzoq umr tilayman.
Ey Robbim, tarixida sharafli g'alabalar bilan nafas olgan aziz xalqimiz bundan buyon 15 - iyulga o‘xshash xiyonatlarga duch kelmasin. Bu xalqning eng katta qudrati birligi, birdamligi, ming yillar davomida quvonch va g'am bilan yo‘g‘rilgan qadimiy qardoshligidir. Alloh birlik va birdamligimizni, qardoshligimizni doimiy qilsin».


















