Isroil armiyasining G‘azo sektoridagi bir uyga qarshi uyushtirgan havo hujumi oqibatida ota - ona va ularning 6 yashar qizalog‘i halok bo‘ldi.
Falastinning rasmiy WAFA axborot agentligi xabariga ko‘ra Isroil armiyasiga qarashli vertolyot G‘azo sektorining markaziy qismidagi Dayr al - Balah shahrida joylashgan bir uyni nishonga olgan.
Hujum natijasida ota Umar Abu Qosim, ona Asma Abu Qosim hamda ularning 6 yashar qizalog‘i Habiba hayotdan ko‘z yumdi.
Er - xotinning 4 yashar o‘g‘li Sami esa hujumdan jarohatlangan holda omon qoldi.
Ota - onasidan ayrilgan kichik Samining yaqinlarini quchoqlab yig‘lagan lahzalari ko‘rganlarning yuragini ezdi.
Shu bilan birga, Isroil artilleriyasi G‘azodagi al - Burayj qochqinlar lagerining shimoli - sharqiy hududlarini o‘qqa tutdi. Lager atrofidagi hujumlar davom etayotgani ma’lum qilindi.
Shuningdek, Isroil armiyasi G‘azo sektorining janubidagi Xon Yunus shahrining Qizan an - Najjar hududida keng ko‘lamli vayron qilish amaliyotlarini olib borayotgani, shahar sharqidagi Bani Suhayla chorrahasi yaqinida ham havo hujumi uyushtirgani bildirildi.
Xabarga ko‘ra Isroil armiyasi 2025 - yilning 10 - oktabrida kuchga kirgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga qaramay, deyarli har kuni G‘azo sektoriga hujumlar uyushtirmoqda.



















