Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi rahbari Burxanettin Duran Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahriga borishini ma’lum qildi.
Duran mavzu haqida ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida:
«Prezidentimiz janob Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammitida ishtirok etish maqsadida 2026 - yilning 31 - avgusti va 1 - sentabr kunlari Bishkek shahriga tashrif buyuradilar.
Tashrif doirasida Prezidentimiz janoblari 1 - sentabr, seshanba kuni kengaytirilgan formatda o‘tkaziladigan sammit majlisida nutq so‘zlaydilar hamda davlat rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadilar» - degan ifodalarga o‘rin berdi.





















