TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Kechelidan Gretsiya bo‘yicha bayonot
Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi O‘nju Kecheli Gretsiya e’lon qilgan “Sanoat va ta’minot zanjiri bo‘yicha maxsus hududiy reja” Turkiya uchun hech qanday huquqiy oqibat tug‘dirmasligini bildirdi.
Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Kechelidan Gretsiya bo‘yicha bayonot
Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi O‘nju Kecheli (AA)

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi O‘nju Kecheli ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Gretsiya tomonidan e’lon qilingan “Sanoat va ta’minot zanjiri bo‘yicha maxsus hududiy reja” yuzasidan bayonot berdi.

Kecheli quyidagilarni ta’kidladi:

“Gretsiya tomonidan bugun, 28-avgust kuni Egey dengizini ham qamrab oladigan tarzda e’lon qilingan Sanoat va ta’minot zanjiri bo‘yicha maxsus hududiy reja, jumladan, tegishliligi xalqaro shartnomalar orqali Gretsiyaga berilmagan geografik tuzilmalar masalasida ham, ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liq Egey muammolari doirasida mamlakatimiz uchun hech qanday huquqiy oqibat tug‘dirmaydi”.

Kecheli Turkiya 2023-yil 7-dekabrda qabul qilingan “Do‘stona munosabatlar va yaxshi qo‘shnichilik to‘g‘risidagi Afina deklaratsiyasi”ga muvofiq yondashuvni qabul qilish zarurligi haqidagi pozitsiyasini saqlab qolayotganini qayd etdi.

U, shuningdek, Turkiya Egey dengiziga tutash ikki davlatdan biri sifatida Gretsiya bilan hamkorlik qilishga doimo tayyor ekanini yana bir bor ta’kidladi.