Parlamentda iyun oylarida g‘alaba qozongan Nikol Pashinyan hukumatining “Haqiqiy Armaniston” konsepsiyasiga asoslangan 2026–2031-yillarga mo‘ljallangan dasturi ovozga qo‘yildi. Dastur 63 deputatning yoqlab bergan ovozi bilan qabul qilindi, 24 deputat esa qarshi ovoz berdi.
Dasturda Ozarbayjon bilan o‘rnatilgan tinchlikni mustahkamlash va yanada yuqori darajada institutsionalizatsiya qilish, Turkiya bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatish hamda mintaqa davlatlari bilan munosabatlarni normallashtirish kabi bandlar o‘rin olgan.
Armaniston “muvozanatli va muvozanatni ta’minlovchi tashqi siyosat” yo‘nalishini davom ettirishi ta’kidlangan dasturda, shuningdek, Yevropa ittifoqi va AQSh bilan strategik sheriklikni chuqurlashtirish, Rossiya bilan munosabatlarni o‘zgartirish va rivojlantirish, Eron, Xitoy va Hindiston bilan aloqalarni mustahkamlash, tinchlik va xavfsizlikni saqlash kabi maqsadlar ham belgilangan.


















