AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi (CIA) direktori Jon Retkliff Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) direktori Aleksandr Bortnikovni Rossiyaning Ukraina bilan kelishuvga erishishiga chaqirgani ilgari surildi.
“The New York Times” gazetasining ismi oshkor etilmagan amaldagi va sobiq rasmiylarga tayanib xabar berishicha, CIA direktori Retkliffning bir kun avval Moskvaga qilgan tashrifi Rossiya tomonini Ukraina bilan kelishuvga undashga qaratilgan.
Xabarda Retkliff Moskvaga Rossiyani “harbiy va iqtisodiy vaziyati yanada yomonlashishidan oldin Ukraina bilan kelishuvga erishishga undash uchun” borgani ta’kidlandi.
Retkliff ushbu xabarni FSB direktori Bortnikovga yetkazgani bildirildi. Shuningdek, CIA direktori Rossiya urushni davom ettirishni tanlagan taqdirda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlar haqida Rossiya tomoniga “tahdid qilmagani” qayd etildi.
Xabarda Retkliffning mazkur tashrifi Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi “boshi berk ko‘chaga kirib qolgan muzokaralarni” qayta jonlantirishga qaratilgan urinish sifatida baholandi.



















