Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (ShKTR) Bosh vaziri Unal Ustel Girne sohillarida ag‘darilgan va 267 kishini olib ketayotgan kemadan 237 kishi qutqarilgani, 7 kishi halok bo‘lgani, 23 kishi uchun qidiruv - qutqaruv ishlari davom etayotganini ma’lum qildi.
Ustel, Anado‘lu axborot agentligi muxbiriga Girne sohillarida ag‘darilgan yo‘lovchi kemasining so‘nggi holati haqida ma’lumot berdi.
Uning ta’kidlashicha, kemadagi 267 kishidan 237 nafari qutqarilgan, 7 kishi halok bo‘lgan. 23 kishi uchun qidiruv - qutqaruv ishlari esa davom etmoqda.
Ustel, qidiruv - qutqaruv ishlariga davlatning barcha imkoniyatlari safarbar etilganini bildirib; jarayonni boshqarish uchun ShKTRda Inqiroz shtabi tashkil etilganini ma’lum qildi.
Qidiruv - qutqaruv ishlari ko‘plab guruhlar tomonidan olib borilayotganini qayd etgan Ustel, dengizdan qutqarilgan jarohatlanganlar shifoxonalarda davolanayotgani, ShKTR Sog‘liqni Saqlash vazirligi esa yaradorlarning holati bilan bog‘liq jarayonni yaqindan kuzatayotganini ifoda etdi.
Ustel, kema halokatidan so‘ng tashkil etilgan Inqiroz shtabi orqali vaziyatni har daqiqada kuzatib borayotganliklarini ta’kidlagan holda: «Davlatimizning barcha tashkilotlari voqea joyida. Qidiruv - qutqaruv ishlarini sinchkovlik bilan davom ettirmoqdamiz va vaziyatni yaqindan kuzatyapmiz» - dedi.
Halokatda halok bo‘lganlarning yaqinlariga Allohdan sabr va marhumlarga rahmat tilagan Ustel, jarohatlanganlarga esa tezroq sog‘ayib ketishlarini tiladi.
Ustel, aniqlangan ma’lumotlarni jamoatchilik bilan bo‘lishishda davom etishlarini o‘z so‘ziga ilova etdi.






















