TURK DUNYOSI
1 daqiqa o'qish
Girne yaqinida yo‘lovchi kemasi halokatga uchradi
Girne/Tashuju yo‘nalishida qatnovchi yo‘lovchi kemasi Girne portidan 8 kilometr uzoqlikda yonboshlab qolgani bildirildi.
Girne yaqinida yo‘lovchi kemasi halokatga uchradi
_

ShKTR Xavfsizlik kuchlari qo‘mondonligi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra Girne/Tashuju yo‘nalishida qatnovchi yo‘lovchi kemasi Girne portidan 8 kilometr uzoqlikda yonboshlab qolgani bildirildi.

Ma’lumotda qayd etilishicha, xabar kelib tushgach, Xavfsizlik kuchlari qo‘mondonligi, Sohil xavfsizlik qo‘mondonligi, Harbiy bo‘lmagan mudofaa tashkiloti raisligi hamda Politsiya bosh boshqarmasining barcha imkoniyatlari, suv va havo vositalari hodisaga safarbar etilgan.

Shuningdek, hududdagi Turkiya Harbiy - dengiz kuchlariga tegishli kemalar hamda Sohil xavfsizlik qo‘mondonligi bo‘linmalari qidiruv - qutqaruv ishlarini davom ettirayotgani ma’lum qilindi.

Ayni paytda, ShKTRda ag‘darilib ketgan yo‘lovchi kemasi bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan Inqiroz shtabi tashkil etildi.