Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi rahbari Burxanettin Duran: «Bugun Turkiya 30 - avgustda namoyon etilgan mustaqillik ruhidan kuch olib, o‘z qarorlarini o‘zi qabul qiladigan, mintaqada va dunyoda nufuzi tobora ortib borayotgan kuchli va o‘ziga ishongan davlat sifatida o‘z yo‘lida qat’iyat bilan davom etmoqda» - deya ta’kidladi.
Duran NSosyal ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida 30 - avgust G‘alaba bayrami munosabati bilan post qoldirdi. U 30 - avgust birligi va hamjihatligi yo‘lida jipslashgan, mustaqilligi va kelajagini barcha qadriyatlardan ustun qo‘ygan turk xalqining bukilmas irodasining eng yorqin namoyonlaridan biri ekanini qayd etdi.
Duran ushbu beqiyos g‘alaba orqali turk xalqi o‘z kelajagini o‘zi belgilash irodasini, vatanining hududiy yaxlitligi va mustaqilligini har qanday sharoitda himoya qilish qat’iyatini butun dunyoga e’lon qilganini ta’kidladi.
U so‘zida davom etib, shunday dedi: «Bugun Turkiya 30 - avgustda namoyon etilgan mustaqillik ruhidan kuch olib, o‘z qarorlarini o‘zi qabul qiladigan, mintaqada va dunyoda nufuzi tobora ortib borayotgan kuchli va o‘ziga ishongan davlat sifatida o‘z yo‘lida qat’iyat bilan davom etmoqda. Prezidentimiz Rejep Tayyip Erdo‘g‘an rahbarligida ‘Turkiya asri’ maqsadlarimiz sari tashlayotgan har bir qadamimizda Milliy kurash bizga meros qoldirgan mustaqillik ruhi va mas’uliyat hissini kelajakka olib bormoqdamiz. Mamlakatimizni yanada kuchli, farovon va nufuzli kelajak sari olib borish uchun qat’iyat bilan mehnat qilmoqdamiz.
Ushbu mazmunli kunda G‘oziy Mustafa Kamol Ataturk boshchiligidagi Milliy kurashimizning barcha qahramonlarini, vatanimiz mustaqilligi yo‘lida jonini fido qilgan aziz shahidlarimizni rahmat va minnatdorlik bilan, qahramon faxriylarimizni esa chuqur tashakkur bilan yod etaman. 30 - avgust G‘alaba bayramimiz muborak bo‘lsin» - dedi.
Xabarga Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning Yahyo Kamol Beyatlining «26 - avgust 1922» nomli she’rini o‘qiyotgani hamda Buyuk Hujumga oid tasvirlar aks etgan video ham ilova qilingan.






















