Fatullahchi terror tashkiloti (FETO) mudofaa sanoatimizga sizib kirib, unga ziyon yetkazmoqchi ham bo‘ldi. Turk Mudofaa sanoati ushbu tashabbusga monelik qilish bilan birga oxirgi 10 yil ichida tarixiy muvaffaqtni qo‘lga kiritdi.
15 - iyuldagi davlatni to‘ntarish tashabbusidan beri 10 yil o‘tdi. Fetullahchi terror tashkiloti davlatning ko‘plab muhim tuzilmalarida bo‘lgani kabi, mudofaa sanoati sohasida ham turli usullar orqali ta’sir o‘tkazishga va Turkiyaning salohiyatini zaiflashtirishga harakat qildi.
Xo‘sh, tashkilot mudofaa sanoatiga qanday yo‘llar bilan ziyon yetkazishga urindi? Muhim loyihalar va tashkilotlarga qanday ta’sir ko‘rsatdi? Bu urinishlar Turkiyaning mudofaa salohiyatida qanday aks etdi?
FETO terror tashkilotining davlat idoralaridan chiqarilishi bilan Turkiya mudofaa sanoatining qo‘lga kiritgan yangi sur’ati, mahalliy va milliy loyihalar bilan yuz bergan o‘zgarishlar hamda xavfsizlik siyosatiga ijobiy ta’siri...
Turkumimizning ushbu qismida Turkiya mudofaa sanoati, ayniqsa, so‘nggi 10 yildagi yuksalishi haqida so‘z yuritamiz. Mehmonimiz — mudofaa sanoati siyosati bo‘yicha mutaxassis Arda Mevluto‘g‘lu.



















