Turkiya Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan Kiyevga bo‘lgan rasmiy tashrifi chog‘ida ikki tomonlama munosabatlar, savdo va mintaqaviy xavfsizlik masalalari ustidan samarali uchrashuv o‘tkazdi. Unda, davom etayotgan urushga qaramay Turkiya bilan Ukraina o‘rtasidagi strategik sheriklik yanada mustahkamlanayotgani ta’kidlandi.
Hakan Fidan mavzu haqida (17.07.2026) «X» ijtimoiy tarmoq orqali bugun bayonot berdi va unda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy, Prezident devoni rahbari Andrey Yermak hamda Tashqi Ishlar vaziri Andrey Sibiga bilan uchrashuv o‘tkazgani va unda ikki tomonlama munosabatlar bilan bir qatorda Rossiya – Ukraina urushidagi so‘nggi vaziyat har tomonlama muhokama qilinganini bildirdi.
Fidan nomi tilga olingan bayonotda shuningdek: «Urush sharoitiga qaramay, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning yanada chuqurlashayotganidan mamnunmiz» - dedi.
Tashrifidan avval Ukraina parlamenti Turkiya – Ukraina Erkin savdo bitimini ratifikatsiya qilganini xursandchilik bilan qarshi olganini bildirgan Fidan, bu qaror tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishi va ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarni sezilarli darajada rivojlantirishi nuqtayi nazaridan muhim burilish ekanini ta’kidladi.
Turkiya tinchlikni qo‘llab - quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi
Hakan Fidan mazkur tashrifi davomida Turkiya Ukrainaning mustaqilligi va hududiy yaxlitligini qo‘llab - quvvatlashini yana bir bor tasdiqlagan holda mavzu haqida:
«Turkiya sifatida tomonlarni yana muzokaralar stoliga qaytaradigan va barqaror tinchlikka hissa qo‘shadigan har qanday tashabbusni qo‘llab - quvvatlashga tayyormiz» - dedi.
Shuningdek, Hakan Fidan Qrim tatar xalqining milliy yetakchisi Mustafa Abduljemil Qrimo‘g‘lu hamda Qrim tatarlari Majlisi raisi Refat Chubarov bilan uchrashib, Qrim tatarlari jamoasining bugungi ahvolini muhokama qildi.
U Qrim tatarlarining huquqlarini himoya qilish va ularning madaniy o‘zligini asrab - avaylash Turkiya uchun har doim ustuvor masala bo‘lib qolishini alohida ta’kidladi.
Hakan Fidan tashrif munosabati bilan Prezident Zelenskiy tomonidan o‘ziga topshirilgan davlat ordenini qabul qilishdan faxrlanganini bildirib, Ukraina rahbariyati va xalqiga minnatdorlik izhor etdi.
Fidan bayonotini quyidagi so‘zlar bilan yakunladi: «Turkiya Ukraina bilan ko‘p asrlik do‘stligi va strategik sherikligini prezidentlarimiz belgilab bergan ko‘z qarashlar asosida, o‘zaro ishonch va umumiy manfaatlarga tayangan holda yanada mustahkamlashda davom etadi».
















