G'AZODA URUSH
2 daqiqa o'qish
Isroil hujumidan falastinlik yana 3 kishi halok bo‘ldi
Isroil yana qoidabuzarlik qildi va alohida - alohida uyushtirgan ikki hujumi oqibatida falastinlik yana 3 kishi halok bo‘ldi.
Isroil hujumidan falastinlik yana 3 kishi halok bo‘ldi
_

Sogliqni Saqlash manbalaridan birining xabariga ko‘ra Isroilning Gazoga qarshi uyushtirgan havo hujumlari oqibatida falastinlik yana uch kishi halok bolganini ma’lum qildi. Ushbu hujumlar amaldagi sulh yoki ot ochishni toxtatish kelishuvining navbatdagi buzilishi boldi.

Manbaga kora Gazoning markaziy qismidagi Burayj qochqinlar lageri yaqinida joylashgan chiqindilar saqlash maydoniga insonsiz havo transporti orqali uyushtirilgan hujum natijasida Burayj munitsipaliteti xodimi halok bolgan.

Mahalliy manbalarning bildirishicha munitsipalitet xodimi xizmat vazifasini bajarayotgan bir paytda Isroilga tegishli insonsiz havo transporti tomonidan nishonga olingan.

Gazo janubidagi Xon Yunus shahrining al - Amal mahallasida tinch aholi bo‘lgan hududga qarshi uyushtirilgan yana bir hujumda ikki kishi halok boldi. Marhumlarning jasadlari Nosir shifoxonasiga olib borildi.

Sogliqni Saqlash manbasi Isroil hujumi natijasida bir bolaning ham ortacha darajada jarohat olganini ma’lum qildi.

Falokat miqyosidagi vayronagarchilik

Isroilning Gazoga qarshi uyushtirgan hujumlari 2025 - yilning oktyabr oyida kuchga kirgan sulh, otashkesim yoki o‘q uzishni to‘xtatish kelishuviga qaramay davom etmoqda.

Sulh 2023 - yilning oktyabr oyidan buyon Isroilning falastinlik taxminan 73 ming nafar inson olimiga, 173 ming nafardan ortiq insonning yaralanishiga va Gazodagi harbiy bo‘lmagan infratuzilmaning 90 foiziga salbiy ta’sir korsatgan keng kolamli vayronagarchilikni toxtatishni ko‘zlagan edi.