Zelenskiy ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Ukraina Xavfsizlik xizmati (SBU) rahbari vazifasini bajaruvchi Oleksandr Pokladni o‘z ishxonasida qabul qilganini ma’lum qildi.
Zelenskiyning bildirishicha, Poklad unga SBUning Rossiyaga qarshi davom ettirayotgan hujumlari haqida ma’lumot bergan.
“Ukraina Xavfsizlik xizmati yaxshi natijalarga erishdi va bugun men yangi operatsiyalarni ma’qulladim”, dedi Zelenskiy.
Zelenskiy, shuningdek, SBUdagi ayrim mansabdor shaxslar Poklad tomonidan lavozimidan ozod etilishini qayd etdi.






















