ANKARA (AA) – Yaponiyaning Kumamoto prefekturasida kecha yuz bergan 7,1 magnitudali zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 13 nafarga yetdi.
Qurbonlar savdo markazining bir qavati qulab tushishi oqibatida halok bo‘lgani, vayronalar ostida hali ham ayrim kishilar bo‘lishi mumkinligi bildirilmoqda.
Yaponiya davlat telekanali NHK xabariga ko‘ra, mamlakat Bosh vaziri Takaiti Sanae kecha yuz bergan zilzila bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazdi.
Takaiti mamlakat janubidagi Kumamoto prefekturasida sodir bo‘lgan zilzilada halok bo‘lganlar soni 13 nafarga yetganini ma’lum qildi.
Kumamoto prefekturasi ma’muriyati ham zilzilada 31 kishi jarohatlanganini bildirdi.
7,1 magnitudali zilzila yong‘inlar, avtomobil yo‘llari va ko‘priklarning qulab tushishi kabi hodisalarga sabab bo‘lib, prefektura bo‘ylab keng ko‘lamli vayronagarchiliklarni yuzaga keltirdi.
Yaponiya meteorologiya agentligi ma’lumotiga ko‘ra, zilzila kecha mahalliy vaqt bilan soat 16.27 da Uki va Hikava hududlarida yuz bergan. 7,1 magnitudali zilzila o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda qayd etilgan.
Kumamoto prefekturasida 2016-yil aprel oyida yuz bergan 7 magnitudali zilzilada 277 kishi halok bo‘lgan edi.
Zilzila xavfi eng yuqori bo‘lgan mamlakatlardan biri hisoblangan Yaponiya vulqonlar va okean botiqlaridan tashkil topgan “Tinch okeani olov halqasi” hududida joylashgan.





















