Turkiya Prezidenti Rejep Tayyib Erdo‘g‘an Ayasofiya jome’ masjidining qayta ibodatga ochilishining 6 - yilligi munosabati bilan tabrik yo‘lladi.
Prezident Erdo‘g‘an ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali mavzu haqida quyidagi ifodalarga o‘rin berdi:
«Ayasofiya 86 yillik hijron ortidan bundan 6 yil avval bugun yana o‘zining asl maqomiga qaytdi... Ushbu muborak masjid, inshaalloh, bir umr osmonlarimizni azon sadolari bilan bezashda davom etadi... Ayasofiyaning qayta tiklanishi muborak bo‘lsin...»





















