DUNYO
1 daqiqa o'qish
Kuchli yog‘ingarchiliklar toshqinlar va ko‘chkilarga sabab bo‘lmoqda
Pokiston bilan Hindistonda qayd etilgan kuchli yog‘ingarchiliklar, toshqinlar va ko‘chkilarga sabab bo‘lmoqda.
Kuchli yog‘ingarchiliklar toshqinlar va ko‘chkilarga sabab bo‘lmoqda
_

Pokistonda kuchli yomg‘ir va toshqinlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 37 nafarga yetdi.

Xaybar Paxtunxva, Panjob hamda Gilgit - Baltiston hududlarida musson mavsumi sababli 19 - iyuldan buyon davom etayotgan kuchli yog‘ingarchiliklar to‘satdan yuzaga kelgan toshqinlar va ko‘chkilarga sabab bo‘lmoqda.

Rasmiylarning ma'lum qilishicha to‘satdan yuz bergan toshqinlar, chaqmoq urishi, elektr toki urishi va kuchli yomg‘ir bilan bog‘liq boshqa hodisalar oqibatida Xaybar Paxtunxvada 20 kishi, Panjobda esa 17 kishi halok bo‘lgan.

Gilgit - Baltiston hamda Pokiston boshqaruvidagi Ozod Jammu va Kashmir hududlarida kuchli yomg‘irlar oqibatida yuzaga kelgan toshqin va ko‘chkilar natijasida ekin maydonlari hamda aholi yashash uylari ziyon ko‘rgan.

Hindistonning Assam shtatida toshqin qurbonlari soni 41 nafarga yetdi

Hindistonning shimoli - sharqidagi Assam shtatida kuchli yog‘ingarchiliklar keltirib chiqargan toshqinlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 41 nafarga yetdi.

Assam shtati Favqulodda vaziyatlarni boshqarish boshqarmasi ma'lum qilishicha, so‘nggi 24 soat ichida toshqinlar oqibatida yana 10 kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Shu tariqa, Assamdagi toshqinlarda halok bo‘lganlar soni 41 nafarga yetdi. Shtatning 25 tumanida jami 727 ming kishi toshqinlardan jabr ko‘rgan.

Assam shtati Bosh vaziri Himanta Bisva Sarma, 100 nafardan ortiq kishi bedarak yo‘qolgani va shu bois qurbonlar soni yana ortishi mumkinligini bildirdi.

Shtatda davom etayotgan qidiruv - qutqaruv ishlariga Hindiston armiyasi ham ko‘mak bermoqda.