Turkiya Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Erso‘y G‘arbiy Frakiya turk jamiyatining yetakchisi doktor Sadik Ahmetni vafotining 31 - yilligi munosabati bilan rahmat va hurmat bilan yod etdi.
Erso‘y ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida G‘arbiy Frakiya turk jamiyati yetakchisi doktor Sadik Ahmetning vafotining 31 - yilligi munosabati bilan bayonot berdi.
Erso‘y, G‘arbiy Frakiya turklarining huquq, adolat va milliy o‘zlik uchun olib borgan kurashining yetakchi namoyandasi bo‘lgan doktor Sadik Ahmetni vafoti yilligida rahmat va hurmat bilan yod etgan holda shunday dedi:
«Butun umrini o‘zining ezgu maqsadiga bag‘ishlagan doktor Sadik Ahmet jasorati, qat'iyati va prinsipial pozitsiyasi bilan xotiralarda o‘chmas iz qoldirdi. Turkiya sifatida G‘arbiy Frakiya turklarining qonuniy huquqlari, milliy o‘zligi va madaniy qadriyatlarini himoya qilish yo‘lidagi barcha sa'y - harakatlarni qo‘llab - quvvatlashda davom etamiz hamda doktor Sadik Ahmetning muborak xotirasini doimo e'zozlaymiz».























