Vazirlikning X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida eʼlon qilingan bayonotda Harbiy - Havo kuchlari qoʻmondonligiga qarashli 181 - qiruvchi aviatsiya eskadroni qoʻmondonligi 29- i yul kuni Estoniyadagi Amari Harbiy - havo bazasiga joylashishni toʻliq yakunlagani maʼlum qilindi.
Bayonotda eskadron 30 – 31 - iyul kunlari hudud bilan tanishuv parvozlarini amalga oshirgani, rejalashtirilgan brifinglar va barcha tayyorgarlik ishlari yakunlangani qayd etildi.
Shuningdek, bayonotda shunday deyiladi: “31 - iyul kuni Estoniya tomonidan tashkil etilgan topshirish - qabul qilish marosimida NATO vakili (HQ AIRCOM Havo qoʻmondonligi va nazorati rahbari) polkovnik Keith D. McKee, Estoniya mudofaa vaziri Hanno Pevkur, Portugaliya Milliy Mudofaa vaziri Joao Nuno de Lacerda Teixeira de Melo, Turkiyaning Tallindagi elchisi Bashak Turkoʻgʻlu hamda Harbiy - havo kuchlari qoʻmondonligi shaxsiy tarkibi ishtirok etdi. 181 - qiruvchi aviatsiya eskadroni qoʻmondonligimiz 2026 - yilning 1 - avgust soat 09:00 holatiga koʻra NATOning Kengaytirilgan havo politsiyasi (Enhanced Air Policing) Blok - 72 navbatchiligini qabul qilib oldi. Vazifa muddati davomida sutkaning 24 soati davomida jangovar shaylik va tezkor javob navbatchiligi olib boriladi, shuningdek NATO hamda Estoniya Harbiy - havo kuchlari bilan qoʻshma vazifalar bajariladi”.





















