TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Hakan Fidan BMT Bosh kotibi Guterrish bilan Kipr, Suriya va mintaqaviy masalalarni muhokama qildi
BMT Bosh kotibi Kipr oroliga tashrif buyurishga tayyorgarlik ko‘rayotgan bir paytda o‘tkazilgan telefon muloqotida tomonlar Yaqin Sharq va Sharqiy O‘rta Yer dengizidagi so‘nggi vaziyatni muhokama qildi.
Hakan Fidan BMT Bosh kotibi Guterrish bilan Kipr, Suriya va mintaqaviy masalalarni muhokama qildi
Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan va BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish mintaqaviy oʻzgarishlarni muhokama qilishdi. / َAA

Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan yakshanba kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan telefon orqali mintaqaviy vaziyatni muhokama qildi.

Turkiya diplomatik manbalariga ko‘ra, Fidan va Guterrish BMT Bosh kotibining Suriya hamda Kipr oroliga tashriflari doirasidagi mintaqaviy jarayonlarni ko‘rib chiqdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish yakshanba kuni Isroilning Suriyadagi qonunbuzarliklariga oid batafsil hisobot shu oyning oxirida Xavfsizlik Kengashiga taqdim etilishini aytdi.

BMT payshanba kuni Bosh kotib Antoniu Guterrish tinchlik jarayonini olg‘a siljitish maqsadida Kiprga borishini ma’lum qildi.

BMT matbuot kotibi Stefan Dyujarrik matbuot anjumanida: “Bosh kotib ezgu niyat missiyasining bir qismi hamda Kipr masalasiga sodiqligining yaqqol ifodasi sifatida 27–29-iyul kunlari Kiprga tashrif buyuradi”, dedi.

Dyujarrik Guterrish Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Tufan Erhurman va Janubiy Kipr Rum ma’muriyati rahbari Nikos Xristodulidis bilan uchrashishini bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Bosh kotib boshqa manfaatdor tomonlar bilan ham uchrashib, BMTning Kiprdagi tinchlikparvar kuchlari — UNFICYPning joylardagi faoliyati, tinchlik jarayonini olg‘a siljitish bo‘yicha sa’y-harakatlar hamda oroldagi barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash tashabbuslarini muhokama qiladi.