TURK DUNYOSI
1 daqiqa o'qish
To‘qayev Ukrainadagi mojaroni to‘xtatishga chaqirdi deb aytdi
To‘qayev Putin bilan uchrashib, Ukrainadagi mojaroni to‘xtatishga va «Istanbul formulasi 2.0»ga qaytishga chaqirdi.
To‘qayev Ukrainadagi mojaroni to‘xtatishga chaqirdi deb aytdi
_

Qozoqiston Prezidenti Kasim - Jo‘mart Toqayev Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan uchrashib, Ukrainadagi mojaroni to‘xtatishga va muhim natijalarga erishilgan «Istanbul formulasi 2.0»ga qaytishga chaqirdi. Kreml esa Kiyevning pozitsiyasi tufayli bu taklifni «imkonsiz» deb baholadi.

To‘qayev bu borada: «Ehtimol, bu mojaroni to‘xtatish va muhim natijalarga erishilgan Istanbul formulasi 2.0 - ga qaytish kerakdir. Ortidan, Rossiya ham doxil yirik davlatlarning kafolati ostida uzoq kutilgan tinchlik sari harakat qilish mumkin» - dedi.

Qozoqiston Prezidenti To‘qayev mavzu haqida shuningdek: «Bularning barchasi to‘xtatilishi kerak. Chunki yuz berayotgan voqealar, mening qat’iy ishonchimga ko‘ra ham Rossiya, ham Ukraina davlatining raqiblari manfaatiga xizmat qilmoqda va ularni quvontirmoqda» - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Kreml esa Qozoqiston Prezidenti To‘qayevning Rossiya – Ukraina urushini to‘xtatish haqidagi taklifini qabul qilish «imkonsiz» ekanini qayd etdi.

Rossiyaning davlat axborot agentligi TASS va boshqa rus ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra Kreml Matbuot xizmati kotibi Dmitriy Peskov: «Urushni bu tarzda to‘xtatishning iloji yo‘q» - dedi.

Peskov Moskvaning Ukrainadan Do‘nbas hududidan qo‘shinlarini olib chiqish va Kiyevning NATOga a’zo bo‘lish rejalaridan voz kechishi haqidagi talablarini yodga soldi.

Dmitriy Peskov mavzu haqida shunday dedi: "Biz uchun asosiy shart bor: maqsadlarimizga erishishimiz kerak".