Ispaniyadan keyin Fransiyaga ham ikkita yong‘in o‘chirish samolyoti yuborildi.
Bu haqda Turkiya Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri Ibrohim Yumakli ma’lum qildi.
Vazir Yumakli Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning topshirig‘i va Fransiyadan kelgan yordam so‘rovi asosida yana ikkita yong‘in o‘chirish samolyoti safarbar etilganini bildirdi.
TAVSIYA ETILADI
Yumakli Turkiya o‘z imkoniyatlari va tajribasi bilan mamlakat chegaralaridan tashqariga chiqadigan mas’uliyatni zimmasiga olganini ta’kidladi.
U o‘rmonlar kelajak avlodlarga qoldiriladigan eng qimmatli meros ekanini qayd etib, vazifani bajarish uchun yo‘lga chiqqan ekipaj hamda joylarda yong‘inga qarshi kurashayotgan barcha guruhlarga muvaffaqiyat tiladi.






















