G'AZODA URUSH
2 daqiqa o'qish
Isroil G‘azoda yana qoidabuzarlik qildi
Isroil G‘azoda yana qoidabuzarlik qildi va oqibati falastinlik ikki kishi umriga zomin bo‘ldi.
Isroil G‘azoda yana qoidabuzarlik qildi
_

Sogliqni Saqlash va mahalliy manbalarga kora Isroil tomonidan Gazoning turli hududlariga qarshi uyushtirilgan hujumlar oqibatida falastinlik ikki kishi halok bo‘ldi, ular orasida yuqori darajali politsiya xodimlari ham borligi aniqlandi. Halok bo‘lganlardan tashqari kamida 14 kishi yaralandi.

Kecha, shanba kuni amalga oshirilgan hujumlar 2025 - yilning 10 - oktabrida kuchga kirgan ot ochishni toxtatish kelishuvi Isroil tomonidan har kuni buzilishining navbatdagi misollaridan biri bo‘ldi.

Gazo Ichki Ishlar vazirligi tomonidan ma’lum qilinishicha G‘azo shimolidagi politsiya boshligi, 54 yoshli Abdunnosir Muhammad al - Muqaddima Gazo shahrining shimoli - garbidagi Shayx Ridvon mahallasiga qarshi uyushtirilgan Isroil havo hujumida halok bo‘lgan.

Shuningdek, G‘azo shimolidagi Abu Sharh chorrahasi yaqinida bir avtomobilga qarshi isonsiz havo transporti orqali uyushtirilgan hujum natijasida falastinlik bir kishi ogir tan jarohati oldi.

Sogliqni Saqlash manbasi ma’lum qilishicha, falastinlik politsiyachi Yamin Ubayd 14 -iyul kuni Isroil hujumida olgan jarohatlari oqibatida vafot etgan.

Gazo Sogliqni Saqlash vazirligi ma’lumotiga kora Isroilning havo hujumlari va oq uzish holatlarini oz ichiga olgan ot ochishni toxtatish kelishuvini buzishlari natijasida falastinlik 1 ming 191 kishi halok bolgan, 3 ming 853 kishi yaralangan.

Vazirlik ma’lumotiga kora 2023 - yilning oktabr oyidan buyon Isroilning Gazodagi harbiy amaliyotlari oqibatida falastinlik 73 ming nafardan ortiq inson halok bo‘lgan, 173 ming nafardan ortiq inson esa yaralangan. Keng kolamli vayronagarchilik natijasida hududdagi fuqarolik infratuzilmasining qariyb 90 foizi ziyon korgan.