TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Makron Fransiyaga yong‘in o‘chirish samolyotlarini yuborgan Turkiyaga minnatdorlik bildirdi
Fransiyada yil boshidan buyon 116 ming gektar maydon yondi. Prezident Emmanuel Makron yong‘in o‘chirish samolyotlarini yuborgan Turkiyaga minnatdorlik bildirdi.
Makron Fransiyaga yong‘in o‘chirish samolyotlarini yuborgan Turkiyaga minnatdorlik bildirdi
Le Président français Macron

Fransiyada yil boshidan buyon 116 ming gektar maydon yonib ketdi.Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron mamlakatida bir necha haftadan beri davom etayotgan yong‘inlarga qarshi kurashish uchun yong‘in o‘chirish samolyotlarini yuborgan Turkiyaga minnatdorlik bildirdi.

Makron X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Turkiya Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri Ibrahim Yumaklining Fransiyaga yong‘in o‘chirish samolyotlari yuborilgani haqidagi postini iqtibos sifatida ulashdi.

Makron Turkiya bayrog‘i tasviri bilan turk tilida e’lon qilgan postida: “Rahmat, Turkiya”, degan ifodani qo‘lladi.

Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri Yumakli o‘z postida Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning topshirig‘iga ko‘ra, Ispaniyadan keyin Fransiyaning ham yordam so‘rovi asosida mamlakatga ikkita yong‘in o‘chirish samolyoti yuborilganini bildirgan edi.

O‘z tarixidagi eng yirik yong‘in falokatlaridan birini boshdan kechirayotgan Fransiyada yil boshidan buyon 116 ming gektar maydon yonib ketdi.

Mamlakat janubidagi Jironda viloyatida qariyb bir haftadan beri davom etayotgan yong‘inda 42 ming gektardan ortiq hudud alanga ichida qoldi. Jironda, Var, Land va Yuqori Korsika viloyatlaridagi yong‘inlar esa hozircha nazorat ostiga olinmadi.