TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Turkiya to'rt falastinlikning o'ldirilishini qoraladi
Anqara "Netanyaxu hukumati tomonidan ruhlantirilgan" ko'chmanchi terorchilarning to'rt falastinlikni o'ldirishi "Isroil yuritayotgan genotsid siyosatining oqibati" ekanini bildirdi.
Turkiya to'rt falastinlikning o'ldirilishini qoraladi
"Biz bosib o‘lingan Falastin hududlarida noqonuniy ko‘chmanchilarning avj olayotgan terrorini keskin qoralaymiz", — deyiladi Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

Turkiya to'rt falastinlikning o'ldirilishidan so'ng bosib olingan Falastin yerlarida kuchayib borayotgan noqonuniy ko'chmanchi terorini qoraladi.

Tashqi ishlar vazirligi juma kuni bergan bayonotida: "Bosib olingan Falastin yerlarida tobora ortib borayotgan noqonuniy ko'chmanchi terorini keskin qoralaymiz", deya ta'kidladi.

Vazirlik juma kuni to'rt falastinlikning "Netanyaxu hukumati tomonidan ruhlantirilgan ko'chmanchi terorchilar" tomonidan o'ldirilishi "Isroil yuritayotgan genotsid siyosatining oqibati" ekanini bildirdi.

Bayonotda Falastin yerlarini egallab olayotgan ko'chmanchi terorchilar va ularning tarafdorlari sodir etgan jinoyatlar jazosiz qolmasligi hamda javobgarlar adolat oldida javob berishini ta'minlash uchun xalqaro hamjamiyatga qilingan chaqiriq yana bir bor takrorlandi.

Binyamin Netanyaxu va Mudofaa vaziri Isroil Kats juma kuni erta tongda bosib olingan G'arbiy Sohilning noqonuniy Xavat Gilad aholi punkti yaqinida uyushtirilgan qurolli hujumdan so'ng Falastin qishloqlarida "keng ko'lamli harbiy operatsiya" boshlash haqida ko'rsatma bergan edi.

Anadolu muxbirlari xabariga ko'ra, noqonuniy isroillik ko'chmanchilar keyinchalik Nablus viloyatidagi Sarra va Urif qishloqlariga hujum qilib, falastinliklarga tegishli uy-joylar va boshqa mol-mulklarga o't qo'ygan. Qishloq ahli esa tosh otib hujumchilarga qarshilik ko'rsatgan.

Isroilning 2023-yil oktyabr oyida G'azo sektoriga qarshi shiddatli harbiy hujumlarini boshlaganidan beri bosib olingan G'arbiy Sohilda zoravonlik ortdi.

Falastin rasmiylarining ma'lumotlariga ko'ra, ushbu davrda Isroil armiyasining reydlari va tajovuzkorona hujumlari oqibatida kamida 1 182 nafar falastinlik o'ldirilgan, minglab kishilar yaralangan va 24 000 ga yaqin kishi qo'lga olingan.