Gʻazo Sogʻliqni Saqlash vazirligi shanba kuni qamal ostidagi hududda iyul oyida falastinlik 152 kishi halok boʻlganini maʼlum qildi. Vazirlik bu holat, joriy yil boshidan buyon qurbonlar soni borasida bir oyda qayd etilgan eng yuqori ko’rsatkich ekanini bildirdi.
Vazirlik bayonotiga koʻra, Sogʻliqni Saqlash axborot markazi maʼlumotlari oʻtgan oyda Gʻazo boʻylab qurbonlar soni keskin oshganini koʻrsatgan. Shu doirada turli viloyatlarda jami 152 kishi halok boʻlgan.
Vazirlik halok boʻlganlar orasida 21 nafar yosh bola, 14 nafar ayol kishi va 4 nafar keksa fuqaro borligini qayd etib, bu raqamlar davom etayotgan keskinlashuvning tinch aholi va zich yashaydigan hududlarga bevosita taʼsirini aks ettirishini taʼkidladi.
Gʻazo Sogʻliqni Saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra Isroil 2025 - yilning 10 - oktabrida kuchga kirgan oʻt ochishni toʻxtatish kelishuviga qaramay, sulhni buzishda davom etmoqda. Oqibati esa 1 ming 222 kishining umriga, 4 ming 53 kishining esa sog’ligiga zomin boldi.
Vazirlikning bildirishicha, Isroil 2023 - yilning oktabr oyida Gʻazoga qarshi harbiy hujumlarni boshlaganidan buyon halok boʻlganlar soni 73 ming 349 nafarga, yaralanganlar soni esa 174 ming 162 nafarga yetgan.
Isroilning harbiy hujumlari natijasida koʻplab insonlar halok boʻlishi bilan birga, Gʻazodagi fuqarolik infratuzilmasining qariyb 90 foizi vayron boʻlgan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti hududni qayta tiklash xarajatlari taxminan 70 milliard AQSh dollarini tashkil etishi mumkinligini ta’kidlamoqda.


















