G'AZODA URUSH
1 daqiqa o'qish
Hamas delegatsiyasi Qohiraga tashrif uyushtirmoqda
Hamas delegatsiyasi o‘q uzishni butunlay to‘xtatish uchun Qohiraga tashrif uyushtirmoqda.
Hamas delegatsiyasi Qohiraga tashrif uyushtirmoqda
_

Hamas manbalaridan biri: «Harakat rahbari Halil al - Hayya boshchiligidagi oliy darajali delegatsiya Misr rasmiylari bilan muzokaralar o‘tkazish uchun bugun kechasi Qohiraga yetib boradi» - dedi.

Manbaning bildirishicha, bu Hayyaning Hamas rahbarligini o‘z zimmasiga olganidan keyin Misrga qilayotgan ilk tashrifi bo‘ladi. Delegatsiya Misr Bosh Razvedka xizmati rahbari general - mayor Hasan Rashad bilan uahrashadi.

Uchrashuvda, avvalo, G‘azo sektoridagi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini doimiy tusga keltirishga qaratilgan muzokaralar, shuningdek, Falastin masalasiga oid qator mavzular va so‘nggi voqealar muhokama qilinishi ma’lum bo‘ldi.

Delegatsiya tarkibidan Hayyadan tashqari Hamas Shura kengashi raisi Muhammad Darvish, Hamasning xorijdagi faoliyati uchun mas’ul Xolid Mash’al, G‘arbiy Sohil mas’uli Zohir Jabborin hamda arab va islom munosabatlari idorasidan mas’ul Basim Naim ham o‘rin olgan.