Rossiya Ichki Ishlar vazirligi shanba kuni kechqurun poytaxt Moskvadagi Kudrinskaya maydoni yaqinida joylashgan kafe oldida sodir boʻlgan portlash oqibatida uch kishi halok boʻlgani, kamida 15 kishi yaralanganini maʼlum qildi.
Vazirlik tomonidan Rossiyaning Max ijtimoiy tarmogʻida eʼlon qilingan bayonotga koʻra, portlash mahalliy vaqt bilan soat 20:10 atrofida Kudrinskaya maydonidagi 1 - raqamli bino yaqinida sodir boʻlgan.
Hodisa joyiga politsiya va favqulodda vaziyatlar xizmatlari yuborildi. Portlash sabablarini aniqlash yuzasidan tergov boshlandi.
Rossiyaning davlatga qarashli Vesti telekanali dastlabki maʼlumotlarga tayanib, portlashga gaz sizib chiqishi sabab boʻlgan boʻlishi mumkinligini xabar qildi.
ASTRA Telegram kanali esa guvohlarning soʻzlariga tayanib, portlash yuz bergan restoranda bir general sharafiga tugʻilgan kun tadbiri oʻtkazilayotganini iddao qildi.
Mazkur iddao mustaqil manbalar tomonidan ham rasmiylar tomonidan ham tasdiqlanmadi.





















