DUNYO
2 daqiqa o'qish
Vashingtondagi o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda
Vashingtonda qayd etilgan kuchli o‘rmon yong‘inlari davom etar ekan, 65 ming nafar inson o‘z uy - joyini tark etishga majbur bo‘ldi.
Vashingtondagi o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda
_

Vashington shtatida qayd etilgan bir nechta o‘rmon yong‘ini atrof - muhitga ziyon yetkazishda va yuzlab inshootlarni yo‘q qilishda davom etar ekan, 65 ming nafardan ortiq inson o‘z uy - joyllarini tark etishga majbur bo‘ldi.

Amerika Qizil Xoch tashkiloti dushanba kuni mavzu haqida bergan bayonotida, taxminan 65 ming nafar inson evakuatsiya qilinishiga to‘g‘ri kelishi mumkinligini ma’lum qildi.

Tashkilotning bildirishicha, dastlabki baholashlarga ko‘ra yong‘inlar hozirgacha asosan Spokan okrugida 700 dan ortiq uyni vayron qilgan.

Spokan okrugi huquq - tartibot organlari rahbari Jon Nouels, uyushtirgan matbuot anjumanida, rasmiylar bir kishini birinchi darajali o‘t qo‘yish jinoyati bo‘yicha hibsga olganini ifoda etdi.

Gumondor hududga tahdid solayotgan bir nechta yong‘inlardan biri bo‘lgan Old Trails yong‘ini bilan bog‘liq ekani taxmin qilinmoqda.

Spokane Complex yong‘inlarini boshqarish guruhi ob - havoning yaxshilangan sharoitlari ekipajlarga yong‘in chegaralarida oldinga siljish imkonini berganini ma’lum qildi.

Agentliklararo InciWeb tizimi ma’lumotlariga ko‘ra Spokan va Stivens okruglari yaqinida shanba kuni boshlangan yong‘inlar hozirgacha 3 ming 248 gektar maydonni kuydirgan.

Sinlahekin yong‘ini esa 26 - iyul kuni chaqmoq urishi natijasida boshlanganidan beri 34 ming 398 gektar hududga tarqaldi.

Ushbu yong‘inga qarshi 820 nafardan ortiq xodim kurash olib bormoqda, biroq yong‘in hali ham nazorat ostiga olinmagan.

Ayni paytda Leavenworth shahrining shimoli - g‘arbidagi Little Giant yong‘ini Okanogan – Wenatchee milliy o‘rmonida 20 ming 759 gektar maydonni kulga aylantirdi.