Isroil armiyasi sulhga qaramay, G‘azo sektoriga hujumlarini davom ettirmoqda.
G‘azo Sog‘liqni Saqlash vazirligi tomonidan yozma ravishda berilgan bayonotda, Isroilning 2023 - yilning oktabr oyidan beri davom etayotgan hujumlari oqibatida halok bo‘lganlarning soniga oid oxirgi ma’lumotlar taqdim etildi.
Ma’lum qilinishicha, so‘nggi 24 soat ichida G‘azodagi shifoxonalarga halok bo‘lgan uch kishining jasadi bilan 35 nafar yarador olib kelingan.
Bayonotda qayd etilishicha, 2025 - yilning 10 - oktabrida kuchga kirgan otashkesimdan buyon Isroil hujumlari natijasida 936 kishi halok bo‘lgan, 2 ming 903 kishi yaralangan. Halok bo‘lgan va tan jarohati olganlardan tashqari vayronalar ostidan 781 kishining jasadi chiqarib olingan.
Shuningdek, Isroilning 2023 - yilning oktabridan buyon G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 72 ming 945 nafarga, tan jarohati olganlar yoki yaralanganlar soni esa 173 ming 11 nafarga yetgani bildirildi.
Ta’kidlanishicha, G‘azo sektorida vayronalar ostida haligacha minglab jasadlar bor.
















