Misr Tashqi Ishlar vazirligining bayonotiga ko‘ra tomonlar o‘q uzishni to‘xtatish muddatini uzaytirish va maydondagi to‘siqlarni yengib o‘tish maqsadida yo‘l xaritasi sifatidagi bir loyihani muhokama qildilar.
Qohirada o‘tkazilgan muzokaralarda o‘q uzishni to‘xtatishning birinchi bosqichiga oid majburiyatlarning bajarilishi, insonparvarlik yordami olib kirilishini ko‘paytirish va butunlay tinchlik o‘rnatishni ko‘zlagan choralar qo‘lga olindi.
Yig‘ilishda, shuningdek, G‘azo boshqaruvi, qayta tiklash jarayoni, xalqaro kuchlarning joylashtirilishi va o‘q uzishni butunlay to‘xtatishni ta’minlash kabi masalalar ham kun tartibiga olib chiqildi.
Tomonlar umumiy jihatdan jarayonni ilgari surish borasida ijobiy muhitda fikr almashganliklari bildirildi.
O‘q uzishni to‘xtatish bitimi o‘tgan 2025 - yilning 10 - oktabri kuni kuchga kirgan bo‘lib; birinchi bosqichda mahbuslarni almashish, insonparvarlik yordami olib kirilishini ko‘paytirish va Isroil qo‘shinlarining ayrim hududlardan qisman chekinishi kabi choralar amalga oshirilgan edi. Ammo Falastin manbalari Isroil bitim doirasidagi majburiyatlarni to‘liq bajarmayotgani va hujumlarini davom ettirayotganini ta’kidlashmoqda.
Bitimning ikkinchi bosqichida esa G‘azo boshqaruvi, qayta tiklash, xalqaro kuchlarning joylashtirilishi, Isroilning chekinishi va ayrim siyosiy hamda xavfsizlikka oid tartibotlar muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan.
Falastin guruhlari bilan kafil davlatlarning vakillari o‘q uzishni to‘xtatishning ikkinchi bosqichini amalga oshirish masalasi ustidan muzokaralar o‘tkazish uchun kecha Qohirada muzokaralarga kirishgan edi.



















