Rossiyaga qarashli Tatariston Respublikasiga qarshi insonsiz havo transportlari (IHT) orqali hujum uyushtirilgani bildirildi.
Tatariston Respublikasi yetakchiligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Nijnekamsk (Tuben Kama) shahridagi sanoat va harbiy bo‘lmagan infratuzilma obyektlari hujumga uchragani va qurbonlar borligi ma’lum qilindi.
TAVSIYA ETILADI
Bayonotda halok bo‘lganlar uchun motam e’lon qilingani qayd etildi.
Ayni paytda, Rossiyadagi ijtimoiy tarmoq sahifalarida Yevropadagi eng yirik neft - kimyo majmualaridan biri bo‘lgan «Nijnekamskneftehim» zavodiga qarshi hujum uyushtirilgani iddao qilindi.




















