Eron Tashqi Ishlar vaziri Abbos Aroqchi AQSh bilan hozircha hech qanday muzokara olib borilmayotganini ta’kidlab, Vashington ma’muriyati anglashuv memorandumida buzgan majburiyatlarini bartaraf etmaguncha muzokaralar qayta boshlanmasligini bildirdi.
Eron davlat televideniyesiga bergan intervyusida Arqchi AQSh bilan aloqalar va Ho‘rmuz bo‘g‘oziga oid masalalar yuzasidan bayonot berdi.
Tomonlar o‘rtasida o‘rtamchilar orqali xabar almashinuvi davom etayotganini bildirgan Aroqchi: «Hozirda AQSh bilan hech qanday muzokara olib bormayapmiz. O‘rtamchilar orqali xabar almashinuvi amalga oshirilmoqda, biroq buni muzokara deb bo‘lmaydi» - dedi.
O‘rtamchilar tomonlar o‘rtasida o‘zaro anglashuv uchun yana zamin yaratish maqsadida ish olib borayotganini ta’kidlagan Aroqchi, muzokaralarni qayta boshlash uchun AQSh anglashuv memorandumining buzilishi bilan bog‘liq majburiyatlarini bajarishi kerakligini qayd etdi.
Abbos Aroqchi: «AQSh memorandumdagi o‘z majburiyatlarini buzgan holatni bartaraf etmaguncha, muzokaralarni qayta boshlashning imkoni yo‘q» - deya ta’kidladi.
Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish uchun qo‘ygan shartlarini o‘rtamchilar orqali AQSh tomoniga yetkazdi
Ho‘rmuz bo‘g‘ozi masalasida Ummon bilan olib borilayotgan muzokaralarga to‘xtalgan Aroqchi, bu davlat bilan kelishuvga erishilishi Ho‘rmuz bo‘g‘ozi qayta ochiladi degani emasligini yana bir bor ta’kidladi.
Ar‘qchi: «Ummon bilan olib borayotgan muzokaralarimiz Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ochiladi degani emasdir. Buning amalga oshishi uchun boshqa shartlar ham bajarilishi kerak. Bu shartlar o‘rtamchilar orqali AQSh tomoniga yetkazildi» - degan ifodalarga o‘rin berdi.



















