Livan rasmiy axborot agentligi NNA xabariga ko‘ra Livan va Isroil delegatsiyalari Rim shahrida uchrashdi.
Uchrashuvda tomonlar avval imzolangan doiraviy kelishuvni amalga oshirishga oid masalalarni muhokama qilishi bildirildi.
Rimdagi muzokaralarning 7 - bosqichi uch kun davom etishi kutilmoqda.
Isroil bilan Livan o‘rtasidagi muzokaralar doirasida Isroil bilan Livanning Vashingtondagi elchilari 14 va 23 - aprel kunlari Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) vositachiligida bo‘lib o‘tadigan muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida uchrashgan edi.
AQSh Davlat departamentida o‘tkazilgan ilk uchrashuv "1993 - yildan buyon eng yuqori darajadagi bevosita muzokara" sifatida qayd etilgan.
AQSh Prezidenti Donald Tramp 24 - aprel kuni bergan bayonotida yaqin kelajakda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va Livan Prezidenti Jozef Aunni Oq uyda qabul qilishni intiqlik bilan kutayotganini bildirgan edi.
Boshqa tomondan, Livanda Isroil bilan bevosita muzokaralar masalasi ichki siyosat va jamoatchilikdagi eng bahsli mavzulardan biri bo‘lib qolmoqda.
Livan Prezidenti Aun va Bosh vazir Navvaf Salam muzokaralarni "qon to‘kilishini to‘xtatish va barqaror yechimga erishishning zarur hamda yagona yo‘li" - deb baholayotgan bo‘lsa, Hizbulloh va unga yaqin doiralar esa bevosita aloqalarni "taslim bo‘lish" deb atab, ushbu jarayonga qarshi chiqmoqda.
Vashingtondagi muzokaralarning 5 - bosqichi yakunlanganishi ortidan 26 - iyun kuni Livan va Isroil o‘rtasida doiraviy kelishuv imzolangan edi.
Isroil bilan Livan o‘rtasidagi bevosita muzokaralarning 6 - bosqichi esa 4 – 15 - iyul kunlari Italiya poytaxti Rimda bo‘lib o‘tgan edi.




















