Transport va infratuzilma vaziri Abdulkadir Uralo‘g‘lu Istanbul aeroporti kecha 289 ming 260 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatib, Turkiya va Yevropada barcha davrlarning eng yuqori kunlik yo‘lovchi soniga erishganini ma’lum qildi.
Uralo‘g‘lu yozma bayonotida Istanbul aeroporti 1-avgust kuni yo‘lovchilar soni bo‘yicha rekord o‘rnatganini bildirdi.
Aeroport kecha 289 ming 260 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatganini qayd etgan Uralo‘g‘lu quyidagi ifodalarni qo‘lladi:
“Istanbul aeroporti Turkiya va Yevropada barcha davrlarning eng yuqori kunlik yo‘lovchi soniga erishdi. Ushbu ko‘rsatkich bilan Istanbul aeroportimiz yangi rekord o‘rnatdi.”
Uralo‘g‘lu mazkur aeroportning xalqaro aviatsiyadagi strategik ahamiyati kundan-kunga ortib borayotganini ta’kidladi.
Istanbul aeroporti o‘z imkoniyatlari, kuchli infratuzilmasi va ko‘rsatayotgan xizmatlari sifati bilan dunyoning yetakchi aeroportlari qatoridan joy olganiga e’tibor qaratgan Uralo‘g‘lu:
“Ushbu yangi rekord aeroportimizning global tranzit markazi sifatidagi mavqeyi yanada mustahkamlanayotganini yana bir bor namoyon etdi”, deya baholadi.





















