Rossiyaning Gazprom energetika kompaniyasi Yevropadagi yerosti tabiiy gaz omborlarida yuzaga kelgan gaz taqchilligi sovuq ob-havo davrida barqaror ta’minot uchun jiddiy xavf tug‘dirishini ma’lum qildi.
Gazpromning yozma bayonotida Yevropadagi tabiiy gaz omborlarining iyun va iyul oylaridagi to‘ldirilish ko‘rsatkichlari baholandi.
Bayonotda omborlardagi gaz taqchilligi 12 milliard kub metrga yetgani qayd etilib, 31-iyul holatiga ko‘ra, ularda o‘tgan yilning shu sanasiga nisbatan 17,3 foiz kam tabiiy gaz borligi ta’kidlandi.
Germaniya, Niderlandiya va Fransiyadagi tabiiy gaz omborlarining to‘ldirilish darajasi Yevropa bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan past ekani bildirilgan bayonotda:
“Mavjud vaziyat sovuq ob-havo davrida yevropalik iste’molchilarni tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash uchun xavf tug‘dirmoqda”, deyiladi.
Gazpromning Yevropaga tabiiy gaz eksporti sanksiyalar tufayli sezilarli darajada kamaygan edi.





















