TURKIYA
1 daqiqa o'qish
TIV: Netanyahu mintaqada tinchlik o‘rnatilishiga to‘sqinlik qilmoqda
Tashqi ishlar vazirligi: “Netanyahuning yagona maqsadi falastinliklarni o‘z ona yurtidan quvib chiqarish hamda mintaqada tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishiga to‘sqinlik qilishdir”, deya bayonot berdi.
TIV: Netanyahu mintaqada tinchlik o‘rnatilishiga to‘sqinlik qilmoqda
T.R. Tashqi ishlar vazirligi, Anqara

Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi genotsidchi Isroilning G‘azoga qarshi hujumlari yuzasidan bayonot berdi.

Vazirlik bayonotida quyidagi ifodalar keltirildi:

“G‘azo Tinchlik rejasini amalga oshirish imkonini beradigan yo‘l xaritasi bo‘yicha kelishuvga erishilganidan ko‘p o‘tmay, Isroilning G‘azoda 30 nafardan ortiq tinch aholini qirg‘in qilishi va tibbiyot muassasalarini nishonga olishi Netanyahu hukumati falastinliklar bilan tinchlik o‘rnatish istagiga ega emasligini yana bir bor ko‘rsatdi.

Netanyahuning yagona maqsadi falastinliklarni o‘z ona yurtidan quvib chiqarish hamda mintaqada tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishiga to‘sqinlik qilishdir. Shu maqsadda u mintaqadagi mo‘rt muvozanatni buzadigan qadamlar tashlashdan va AQSh boshchiligidagi vositachi mamlakatlarning sa’y-harakatlariga putur yetkazishdan tiyilmayapti.

Butun Yaqin Sharqni mojaro maydoniga aylantirishni istayotgan Netanyahuning ekspansionistik va militaristik yondashuviga qarshi xalqaro hamjamiyatning yanada qat’iy, izchil va kuchli pozitsiya namoyon etishi endilikda zaruratga aylandi.

Mintaqamiz va Falastinda tinchlik hamda farovonlik qaror topishini qo‘llab-quvvatlaydigan barcha mamlakatlarni umumiy mas’uliyat tuyg‘usi bilan harakat qilishga, xalqaro huquq va insoniy qadriyatlarni himoya etishga chaqiramiz.”